TEZOZ
MaxfiylikHisobni o'chirish

Bosh sahifa / Hisobni o'chirish

Hisobni o'chirish

Yangilangan: 14-noyabr, 2026

TEZOZ hisobingizni va unga bog'liq barcha ma'lumotlarni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.

1Ilova orqali (tavsiya etiladi)

  1. TEZOZ ilovasini oching va hisobingizga kiring.
  2. Asosiy ekranda avatarga bosing → Profil → Sozlamalar.
  3. Pastdagi «Hisobni o'chirish» tugmasini bosing.
  4. Tasdiqlash uchun O'CHIRISH so'zini yozing va tasdiqlang.

Hisob darhol o'chiriladi va siz tizimdan chiqasiz.

2Ilovaga kira olmasangiz

support@tezoz.uz manziliga hisobingiz pochtasidan «Hisobni o'chirish» mavzusida xat yozing. Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, xatda Telegram foydalanuvchi nomingizni ko'rsating — tasdiqlash uchun @tezozaibot orqali siz bilan bog'lanamiz. So'rov 7 kun ichida bajariladi.

3Nimalar o'chiriladi

  • Hisob (pochta, parol, Telegram ID va telefon raqami) va profil ma'lumotlari.
  • Ovqat jurnali, o'z taomlaringiz, sevimlilar, vazn tarixi, mashg'ulot va challenge natijalari.
  • Buyurtmalar, obuna yozuvlari, bildirishnomalar va AI so'rovlari hisobi.

4Nimalar saqlanib qolishi mumkin

  • Zaxira nusxalar — 14 kungacha, so'ng avtomatik o'chiriladi.
  • Siz yorliqni suratga olib qo'shgan mahsulotning ozuqaviy qiymati umumiy mahsulotlar bazasida qoladi, lekin hisobingiz bilan bog'liqligi o'chiriladi.
  • App Store yoki Google Play orqali to'langan obuna do'kon tomonida alohida bekor qilinadi — hisobni o'chirish to'lovni avtomatik to'xtatmaydi.
TEZOZ

TEZOZ tibbiy maslahat bermaydi. Sog'lig'ingiz bo'yicha shifokor bilan maslahatlashing.

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Sog'liq ogohlantirishi
  • Hisobni o'chirish

Aloqa

support@tezoz.uz

@tezozaibot

  • Privacy Policy (English)
  • Delete account (English)

© 2026 TEZOZ