Bosh sahifa / Maxfiylik siyosati
Maxfiylik siyosati
Bu siyosat TEZOZ qanday ma'lumot yig'ishi, undan nima uchun foydalanishi va uni qanday himoya qilishini tushuntiradi.
1Biz kimmiz
TEZOZ — kaloriya hisoblash, ovqatlanish va uy mashg'ulotlari ilovasi. Siyosat TEZOZ mobil ilovasi, tezoz.uz sayti va @tezozaibot Telegram boti orqali to'planadigan ma'lumotlarga taalluqli.
Ma'lumotlar operatori — TEZOZ ilovasi ishlab chiquvchisi (O'zbekiston Respublikasi). Murojaat uchun: support@tezoz.uz.
2Qanday ma'lumot yig'amiz
- Hisob: ism, elektron pochta va parol (parol faqat shifrlangan ko'rinishda saqlanadi, biz uni ko'ra olmaymiz). Telegram orqali kirsangiz — Telegram ID va o'zingiz «Raqamni ulashish» tugmasi bilan yuborgan telefon raqamingiz.
- Profil: telefon raqami (ixtiyoriy), jins, tug'ilgan yil, bo'y, vazn, maqsad vazn, faollik darajasi, kunlik kaloriya me'yori va ilova sozlamalari.
- Ilovadan foydalanish: ovqat jurnali, o'zingiz qo'shgan taomlar, sevimlilar, vazn tarixi, mashg'ulot va 30 kunlik challenge natijalari, bildirishnomalar.
- Suratlar: kamera yoki galereyadan tanlangan taom yoki mahsulot yorlig'i surati faqat tahlil uchun yuboriladi va serverlarimizda saqlanmaydi.
- AI so'rovlari: AI yordamchiga yozgan xabarlaringiz javob tayyorlash uchun yuboriladi. Serverlarimizda faqat kunlik so'rovlar soni saqlanadi.
- Buyurtmalar: yetkazish manzili, mahsulotlar, summa va buyurtma holati.
- Obuna: tarif, amal qilish muddati va to'lov kanali. Bank kartasi ma'lumotlari bizga kelmaydi — to'lov App Store, Google Play yoki to'lov tizimi tomonida amalga oshiriladi.
Biz yig'maydigan ma'lumotlar: joylashuv, kontaktlar ro'yxati, reklama identifikatori. Ilovada reklama va kuzatuv (analitika) vositalari yo'q.
3Nima uchun ishlatamiz
- Kunlik kaloriya va makro me'yorini hisoblash, jurnal va statistikani ko'rsatish.
- Ma'lumotlaringizni qurilmalaringiz o'rtasida sinxronlash va zaxiralash.
- AI yordamchi, taom suratini tahlil qilish va ovqatlanish rejasini tuzish.
- Buyurtmalarni yetkazish va ularning holati haqida xabar berish.
- Murojaatlarga javob berish, hisob xavfsizligi va suiiste'molning oldini olish (masalan, AI so'rovlari limiti).
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.
4Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanadi. Har kuni zaxira nusxa olinadi; zaxira nusxalar 14 kun saqlanib, so'ng avtomatik o'chiriladi.
5Kimga uzatiladi
- AI xizmati — Anthropic PBC (AQSh): AI yordamchiga yozilgan matn, taom yoki yorliq surati va reja so'rovi faqat javob tayyorlash uchun. Xizmat ko'rsatuvchi bu ma'lumotlardan o'z modellarini o'qitishda foydalanmaydi.
- Telegram — faqat Telegram orqali kirishni tanlasangiz.
- Open Food Facts — mahsulot shtrix-kodi raqami (shaxsingizga oid ma'lumotsiz).
- Yetkazib berish xizmati — buyurtma manzili va tarkibi.
- App Store va Google Play — ilovani yuklash va obuna to'lovi.
- Davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda.
AI funksiyalaridan foydalanganingizda yuqoridagi ma'lumotlar O'zbekistondan tashqariga (AQShga) uzatiladi. AI funksiyalaridan foydalanmasangiz, ular uzatilmaydi.
6Saqlash muddati
Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgan muddatda saqlanadi. Hisob o'chirilganda ular asosiy bazadan darhol o'chiriladi, zaxira nusxalardan esa 14 kun ichida yo'qoladi. Telegram orqali kirish uchun yaratilgan bir martalik so'rovlar 1 kunda o'chiriladi.
7Hisobni o'chirish
Ilovada: Profil → Sozlamalar → «Hisobni o'chirish». Ilovaga kira olmasangiz, hisobingiz pochtasidan (yoki Telegram orqali) support@tezoz.uz manziliga yozing. Batafsil: tezoz.uz/delete-account.
8Huquqlaringiz
O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq siz ma'lumotlaringiz bilan tanishish, ularni tuzatish (Profil bo'limida), o'chirish va ularga ishlov berishga rozilikni qaytarib olish huquqiga egasiz. So'rovlar uchun: support@tezoz.uz.
9Xavfsizlik
Barcha ulanishlar shifrlangan (HTTPS). Har bir foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'ra oladi; parollar shifrlangan holda saqlanadi; xodimlarning kirishi cheklangan va har bir amal jurnalga yoziladi.
10Bolalar
TEZOZ 14 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan va ulardan bila turib ma'lumot yig'maydi.
11O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, yangilangan sana shu sahifada ko'rsatiladi; muhim o'zgarishlar haqida ilovada xabar beramiz.